Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston “Osiyo bolalari” o‘yinlarida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston “Osiyo bolalari” o‘yinlarida umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

Bugun Vladivostokda bo‘lib o‘tgan musobaqalar o‘z yakuniga yetdi. So‘nggi bellashuvlar badminton bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

Sayfiddin Muxtorov va Suhrob G‘aybullayev juftlik bahslarida “kumush”ga ega chiqishdi. Sayfiddin Muxtorov (yakkalik), Sitora Mahmudova va Gulxadicha Seytjanova (juftlik), Sitora Mahmudova va Sayfiddin Muxtorovlar (mikst) esa O‘zbekiston jamoasiga “bronza” keltirishdi.

Shu tariqa, matonatli yosh o‘zbekistonlik sportchilar o‘yinlarda 41 ta oltin, 28 ta kumush va 45 ta bronza, jami 114 ta medal jamg‘arishdi.

Musobaqalar yakuniga ko‘ra Sibir okrugi birinchi (119 ta medal), O‘zbekiston ikkinchi (114 ta) va Moskva esa (110 ta) uchinchi pog‘onada qayd etildi.

Davlatlar kesimidagi kuchli uchlik:

1️⃣ Rossiya
2️⃣ O‘zbekiston
3️⃣ Qozog‘iston

Kiritildi: 17:12 07.08.2022. O'qildi: 1777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!