Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston navbatdagi xalqaro shartnomaga qo‘shildi

O‘zbekiston navbatdagi xalqaro shartnomaga qo‘shildi

SH.Mirziyoyevning BMTning Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining (UNESCAP) “Quruqlik portlari” to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimiga qo‘shilishga oid qarori qabul qilindi.

Shartnomaning asosiy maqsadi – Osiyo-Tinch okeani mintaqasida transport tashuvlarini uyg‘unlashtirish va yengillashtirish uchun xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan logistika markazlarini (quruqlik portlarini) qurish va ishlatish bo‘yicha ko‘rsatmalarni ishlab chiqish.

Xalqaro shartnomani amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston nomidan Transport vazirligi mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.

Aytilishicha, shartnomaga qo‘shilishdan O‘zbekistonning logistika markazlarini (quruqlik portlarini) xalqaro ahamiyatga ega ob’ektlar sifatida qabul qilish va ro‘yxatga kiritish kutilmoqda.

Kiritildi: 16:42 05.10.2021. O'qildi: 2089 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!