Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

“O‘zbekiston” nashriyoti ijodiy uyi bog‘boni yerto‘lada o‘z joniga qasd qildi

“O‘zbekiston” nashriyoti ijodiy uyi bog‘boni yerto‘lada o‘z joniga qasd qildi

“O‘zbekiston” nashriyoti ijodiy uyi bog‘boni yerto‘lada o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovga tayanib, “Daryo” ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hodisa 2024 yilning 16 yanvar kuni sodir bo‘lgan. “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi xo‘jalik bo‘limida bog‘bon sifatida ishlovchi B.M. ishxonasining yerto‘lasidagi kiyinish xonasida o‘zini osish yo‘li orqali joniga qasd qilgan.

B.M.ning o‘limi yuzasidan berilgan dastlabki tibbiy ma’lumotga ko‘ra, o‘lim bo‘yin a’zolari sirtmoq bilan siqilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiyadan kelib chiqqanligi, bo‘yin sohasida strangulyasion egat mavjudligi aniqlangan.

Hozirda B.M.ning o‘z joniga qasd qilgani sabablari va boshqa holatlarni aniqlash uchun maxsus bilim zarurligini inobatga olib, sudga oid psixiatriya ekspertizasi tayinlangan.

Holat yuzasidan Shayxontohur tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 08:50 20.02.2024. O'qildi: 1152 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!