Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston meva va sabzavotlarini ko‘proq qayerga sotyapti?

O‘zbekiston meva va sabzavotlarini ko‘proq qayerga sotyapti?

2022 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 655 million AQSh dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.

O‘zbekiston 2022 yilning 8 oyida eng ko‘p meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan davlatlar:

Qozog‘iston – 483 ming tonna;

Rossiya – 314 ming tonna;

Qirg‘iziston – 109 ming tonna;

Xitoy – 58 ming tonna;

Afg‘oniston – 25 ming tonna;

Belarus – 17,4 ming tonna;

Tojikiston – 16,1 ming tonna;

Pokiston – 15,6 ming tonna;

Shuningdek, Turkiya (9,3 ming tonna), Eron (9 ming tonna), Gruziya (5,9 ming tonna), Ukraina (5,8 ming tonna), Ozarbayjon (4,8 ming tonna), BAA (3,6 ming tonna) va Germaniya (2,4 ming tonna) o‘zbek meva-sabzavotlari xaridorlari bo‘lishgan.

Statistika qo‘mitasi, shuningdek, 2022 yilning yanvar-avgust oylarida xorijga meva va sabzavotlar eksport qilgan hududlarni ma’lum qildi.

Farg‘ona (197,1 ming tonna), Toshkent (154 ming tonna), Samarqand (127 ming tonna), Xorazm (103 ming tonna) va Surxondaryo viloyati (99 ming tonna) viloyatlari hududlar orasida eksport bo‘yicha yetakchi.

Keyingi o‘rinlarda Andijon viloyati (78,6 ming tonna), Toshkent shahri (67,5 ming tonna), Namangan (67 ming tonna), Jizzax (66 ming tonna), Buxoro (52 ming tonna), Sirdaryo (35 ming tonna) va Qashqadaryo viloyatlari (29 ming tonna).

Avvalroq O‘zbekiston Sibirga 200 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yuborishi xabar qilingan edi.

Kiritildi: 13:20 02.10.2022. O'qildi: 4155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!