Shavkat Mirziyoyevga madaniyat va san’at sohasida 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan ustuvor loyihalar taqdim etildi. Unga ko‘ra:
🔸O‘zbekistonning noyob madaniy merosi Doxa, Milan, Venesiya, Nara va Florensiya kabi shaharlardagi muzeylarda namoyish etiladi.
🔸"Tamerlano" operasi 2027 yil mart oyida dunyodagi eng mashhur konsert zallaridan biri — Carnegie Hall sahnasida namoyish etiladi.
🔸Sentyabr oyida Registon maydonida mashhur pianinochi Lang Lang, oktyabr oyida esa Toshkentda taniqli bastakor Maks Rixterning konsertlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, Mirziyoyev O‘zbekistonning madaniy salohiyatini xalqaro maydonda yanada keng targ‘ib etish bo‘yicha bir qator topshiriqlar berdi.