Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston koronavirus tufayli nufuzli musobaqa mezbonlik qiladigan bo‘ldi

O‘zbekiston koronavirus tufayli nufuzli musobaqa mezbonlik qiladigan bo‘ldi

Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati Xitoyda koronavirusning yangi turi tarqalishi sababli Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chirildi.

Ma’lumotda aytilishicha, musobaqani Qozog‘iston hukumati Xitoy bilan chegaradosh mamlakatlardan bo‘lgan yo‘lovchilarning harakatiga cheklovlar kiritgani sababli boshqa joyda o‘tkazishga qaror qilindi.

«Osiyo og‘ir atletika federasiyasi ijroiya qo‘mitasi hozirgi vaziyatni zudlik bilan muhokama qildi va Osiyo chempionatini O‘zbekistonga ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorga keldi», - deyiladi bayonotda.

Turnir 16-25 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. 

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda yangi turdagi koronavirus bilan og‘rigan bemorlar soni 72,4 ming kishidan oshdi. 1868 kishi epidemiya qurboniga aylangan. 

Kasallikka chalingan 72 436 kishidan 12 552 inson virusdan davolandi va kasalxonadan chiqarildi. 1868 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bir sutka ichida mamlakatda yana 1886ta yangi kasallanish holati aniqlandi.

Kiritildi: 11:40 18.02.2020. O'qildi: 4215 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!