Issiqko‘ldagi pansionatlar faoliyati to‘g‘risidagi xalqaro shartnoma O‘zbekiston prezidenti tomonidan tasdiqlandi.
Bu haqida bugun Cho‘lpon otada bo‘lib o‘tgan hukumatlararo komissiya uchrashuvida ushbu haqida kelishuvga erishildi.
Gap “Oltin qum”, “Dilorom”, “Rohat” va “Buston” oromgohlari haqida ketmoqda. Ayni damda pansionatlar rentabelsiz, xonalar yaroqsiz holga kelgan. O‘zbekiston tomoni har bir pansionatga 15-20 million sarmoya kiritishni rejalashtirgan.
Qirg‘iziston ushbu ob’ektlarga egalik huquqini O‘zbekistonga o‘tkazadi. O‘zbekiston esa ushbu ob’ektlarga bo‘lgan mulk huquqini amalga oshirish uchun vakolatli tashkilotlarni belgilaydi.
«Toshkent mexanika zavodi» aksiyadorlik jamiyatiga «Markaziy Osiyoning oltin qumlari» pansionati, Milliy Bankka «Rohat-NBU» uyi, «Asakabank»ga «Dilorom» pansionati, «O‘zsanoatqurilishbank»ga «Bo‘ston» pansionatiga nisbatan vakolat beriladi.
Ushbu pansionatlar sovet davrida O‘zbekistonga tegishli bo‘lgan va 2016 yilda Qirg‘iziston balansiga o‘tkazilgan edi.