1963 yil 1 dekabr kuni O‘zbekiston SSR Buxoro oblastining O‘rta-Buloq gaz konida avariya sodir bo‘ladi.
Ya’ni, burg‘ulash ishlaridagi texnik xatolik tufayli gaz o‘z manbasidan tashqariga otilib chiqa boshlaydi. Juda katta miqdordagi gaz atrofdagi barcha jonzotlarga fojeali ta’sir qilishi mumkunligini inobatga olgan mutaxassislar, konga o‘t qo‘yib yuboradilar. 300 atmosfera bosimi bilan otilib chiqayotgan gaz dahshat yona boshlaydi. O‘tni o‘chirishga butun texnika, inson kuchlari tashlanadi, ammo befoyda, yong‘inni o‘chira olmaydilar. O‘rta-Buloqdagi gaz salkam uch yil, aniqrog‘i 1074 kun davomida yonib turgan ekan.
Alanga 70 metrdan 120 metr balandlikka chiqadi. Tasavvur qiling har kuni mamlakatimiz va xalqimizga tegishli boylikning 10-12 mln kubometri yonib ketavergan. Sovet pulida 60 mln so‘m har kuni ko‘kka sovrulib ketavergan. Xom cho‘tlarga qaraganda O‘zbekiston O‘rta-Buloq yong‘inida 60-70 mlrd dollarni yo‘qotgan (bu pulga o‘nta shahar qursa bo‘lardi).
Olovni o‘chirish oson emasdi, unga 250 metrgacha yaqin yo‘lab bo‘lmasdi.
Natijada artileriya qurollaridan foydalanishga qaror qilinadi. Ammo bu ham foyda bermaydi, yong‘in kuchaygandan kuchayib nazoratdan chiqib ketish xavfi paydo bo‘la boshlagandi. Shunda sovet xukumati yong‘inni atom bombasi bilan to‘xtatishga qaror qiladi. 1966 yil 30-sentyabr kuni 30 kilotonnali (Nagasakiga tashlangan bomba 21 kilotonnali bo‘lgan) termoyadro snaryadini 1,5 km chuqurlikda portlatadilar. Uch yilda o‘chmagan yong‘in bombaning kuchi bilan 22 sekundda o‘chgan ekan. Oradan biroz o‘tib xuddi shunday yong‘in Pamuq konida ham yuz beradi, u yerdagi yong‘inni ham xuddi shunday yadro bombasi bilan o‘chirishga muaffaq bo‘lingan ekan. Albatta bu bombalar ofatni oldini olish uchun ezgu maqsadlarda ishlatilgan bo‘lsada, uning o‘simlik va xayvonot dunyosiga, tuproqqa, axoliga ko‘rsatgan salbiy oqibatlarini xisoblab chiqishni o‘zi mushkuldir.