Bugun 6 fevral, 2026 yil, juma

КИР

O‘zbekiston Hindistondan ayrim tovarlar importini vaqtincha chekladi

O‘zbekiston Hindistondan ayrim tovarlar importini vaqtincha chekladi

O‘zbekiston bosh davlat veterinariya inspektori qaroriga muvofiq, 2026 yil 29 yanvardan boshlab Hindiston Respublikasidan tirik hayvonlar va qushlarni olib kirishga vaqtincha cheklov o‘rnatildi. Cheklov Nipah virusining mamlakat hududiga kirib kelishining oldini olish maqsadida joriy etilgan.

Qarorga binoan, Hindistonning barcha hududlaridan tirik hayvonlar va qushlarni import qilish taqiqlandi. Shuningdek, mazkur davlatning G‘arbiy Bengaliya shtatidan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi barcha turdagi tovarlarni olib kirishga ham vaqtincha cheklov o‘rnatildi.

Hujjatda qayd etilishicha, Xalqaro hayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkiloti (WOAH) hamda ochiq manbalarda e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatida Nipah virusi tarqalishi bilan bog‘liq murakkab epidemiologik vaziyat yuzaga kelgan.

Mutasaddilar ushbu chora-tadbirlar mamlakatda epizootik barqarorlikni ta’minlash va aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilganini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: Bugun 14:15. O'qildi: 359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!