Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

“O‘zbekiston havo yo‘llari” chipta xarid qilish bo‘yicha yangi onlayn-to‘lov usulini qo‘shdi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” chipta xarid qilish bo‘yicha yangi onlayn-to‘lov usulini qo‘shdi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi chiptalarni sotib olish bo‘yicha onlayn-to‘lov usullariga MasterCard to‘lov tizimini qo‘shdi.

Ilgari yo‘lovchilar chipta sotib olish uchun faqat UzCard va VISA kartalaridan foydalanishlari mumkin edi.

Eslatib o‘tamiz, "O‘zbekiston havo yo‘llari" 2016 yilning 18 oktyabridan boshlab chiptalarni internet orqali sotib olish xizmatini ishga tushirgani, yo‘lovchilar aviakompaniya rasmiy sahifasi www.uzairways.com ga kirib kerakli yo‘nalish, sana va chipta turini tanlashlari, chiptalar sotib olinganda yo‘lovchilarga yo‘nalish kvitansiyasi berilishi, pul to‘langani haqida ma’lumot sms xabari orqali yuborilishi haqida ma’lumot bergandik.

Aeroportda ro‘yxatdan o‘tishda elektron aviachipta qog‘ozini va shaxsni tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatish kifoya. Internet orqali chipta bron qilish va sotib olish parvozdan kamida 3 soat oldin amalga oshirilishi mumkin. 

Shuningdek, O‘zbekistonda yo‘lovchilar 2017 yil iyun oyidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” poyezdlariga onlayn chiptalar sotib olishlari mumkin.

Manba: sof.uz

Kiritildi: 08:30 10.11.2018. O'qildi: 1424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!