Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston Green Card g‘oliblari soni bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Green Card g‘oliblari soni bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi

Green Card-2025’da eng ko‘p yutuqni o‘zbekistonliklar qo‘lga kiritdi. DV-2025 Diversity Visa Program g‘oliblari statistikasini davlat kesimida e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, taxminan 131,060 nafar arizachi g‘olib bo‘lgan va ularga xabar berilgan bo‘lib, hozirda ular immigrasion viza uchun ariza topshirishlari mumkin.

Ro‘yxatda O‘zbekiston Osiyoda birinchi o‘rinni qayd etgan (5,564 nafar g‘olib), keyingi o‘rinlarda Eron (5,267 nafar g‘olib) va Afg‘oniston (4,009 nafar g‘olib) davlatlari o‘rin olgan.

MDH davlatlari ichida Qirg‘iziston va Rossiya ham yuqori natija ko‘rsatgan. Ukrainadan 4256 kishi g‘olib bo‘lgan.

DV-2025 Diversity Visa Program Amerika Qo‘shma Shtatlariga kam migrasiya qiluvchi davlatlar fuqarolari uchun 203(c) bo‘limi asosida o‘tkaziladi va har yili 55,000 ta doimiy yashash vizasini taqdim etadi.

Kiritildi: Bugun 05:31. O'qildi: 465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!