Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekiston futbol fabrikasiga aylanadi! Qanday qilib?

O‘zbekiston futbol fabrikasiga aylanadi! Qanday qilib?

O‘zbekiston Futbol Assasiasiyasining birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov transfer bozoridagi qoidalarga o‘zgartirish kiritish va O‘zbekistonni futbol fabrikasiga aylantirishborasidagi rejalari to‘g‘risida ma’lum qildi. Bu haqda Podrobno.uz ma’lum qildi.

Futbol amaldori ushbu bayonotni futbol assosiasiyasining hududiy vise-prezidentlari hamda viloyat bolalar va o‘smirlar sport akademiyalari rahbarlari bilan uchrashuv chog‘ida bergan.

O‘yinchilar ularga futbolni barcha sir asrorlarini o‘rgatuvchi futbol akademiyalarida 17 yoshgacha o‘qishadi. Keyin futbolchi sotiladi, akademiyaga esa bundan hech bir foyda yo‘q. Bu noto‘g‘ri. Agar futbolchi bilan shartnoma tuzilsa, shartnoma summasining belgilangan ma’lum miqdori ushbu futbolchini tarbiyalagan akademiya hisobiga tushishi kerak. Kelib tushgan pul esa akademiyani rivojlantirish uchun sarflanadi, - dedi Ahmadjonov.

Shuningdek, uning ta’kidlashicha, har bir hududda bolalar futbolini rivojlantirish uchun individeal reja ishlab chiqiladi.

Birinchi vise-prezident Superligada ishtirok etuvchi jamoalar o‘yinlarini tomosha qilishlari uchun havaskor futbolchilarga stadionda barcha sharoitni, qulayliklarni yaratib berish lozimligi ta’kidladi. Shuningdek, u muxlislarning stadionda o‘zini tutish madaniyatini o‘stirish, sudya va futbolchilarni haqorat qilish kabi yomon odatlarga barham berish masalasini ilgari surgan.

Iste’doli yoshlarni tarbiyalash orqali biz O‘zbekistonni futbol fpbrikasiga aylantirishimiz lozim. Endi tarbiyalanuvchilarni sotish mumkin bo‘ladi va futbol akademiyalari nafaqat o‘zlarini ta’minlashlari, balki foyda ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Biz bu tizimni birgalikda rivojlatirishimiz lozim. Har bir hudud uchun alohida rivojlantirish rejalari ishlab chiqiladi, - degan Umid Ahmadjonov.

podrobno.uz

Kiritildi: 22:16 19.02.2019. O'qildi: 3208 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!