Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston fuqarolari qaysi tizimlardan ko‘proq norozi?

O‘zbekiston fuqarolari qaysi tizimlardan ko‘proq norozi?


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi va uning hududiy tuzilmalari hamda tuman, shahar jamiyatlariga 2019 yilning 12 oyligida fuqaro (iste’molchi)lardan jami 10261 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarning 5096 tasi og‘zaki, 3519 tasi yozma, 1646 tasi esa elektron shaklda yuborilgan.

• 3991 tasi (38,9%) - savdo sohasiga, 
• 865 tasi (8,4%) - gaz ta’minoti sohasiga, 
• 1228 tasi (12,0%) - elektr ta’minoti sohasiga, 
• 534 tasi (5,2%) - suv ta’minoti sohasiga, 
• 472 tasi (4,6%) - kommunal xizmat sohasiga, 
• 178 tasi (1,7%) - sog‘liqni saqlash sohasiga, 
• 878 tasi (6,6%) - xizmat ko‘rsatish (servis) sohasiga, 
• 301 tasi (2,9%) - transport sohasiga, 
• 299 tasi (2,9%) - aloqa (va internet) sohasiga, 
• 1516 tasi (14,8%) esa boshqa sohalarga to‘g‘ri kelishini ko‘rishimiz mumkin.

Mazkur ariza va shikoyatlarning 9736 tasi ya’ni, 94,9 % ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga jami 10 174 967 565 so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.

Kiritildi: 20:45 26.01.2020. O'qildi: 3913 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!