Bugun 6 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston Yevropa, Belarus, Xitoy va Mo‘g‘ulistondan 250 mingdan ortiq bosh chorva molini import qiladi

O‘zbekiston Yevropa, Belarus, Xitoy va Mo‘g‘ulistondan 250 mingdan ortiq bosh chorva molini import qiladi

O‘zbekiston Yevropa davlatlari, Belarus, Xitoy va Mo‘g‘ulistondan 250 mingdan ortiq bosh chorva molini import qilishni rejalashtirmoqda.

Yangi chora-tadbirlar mamlakatda go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ular natijasida yiliga qo‘shimcha 44 ming tonna go‘sht ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.

Go‘sht ishlab chiqarishni ko‘paytirishga qaratilgan tegishli taklif davlat rahbari tomonidan ma’qullangan.

Import qilinadigan chorva mollari mamlakatda go‘sht ishlab chiqarish salohiyatini oshirish va ichki bozorda go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan talabni ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 19:37 05.08.2026. O'qildi: 462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!