Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi "Stranja"da umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi!

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi "Stranja"da umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi!

2-11 fevral kunlari bolgariyaning Sofiya shahrida “kichik jahon chempionati” sanalmish nufuzli “Strandja” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Unda boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etdi. Musobaqada 28 davlatdan 261 nafar sportchi (178 erkaklar, 83 nafar ayollar) qatnashdi.

Unda erkaklar 13 ta vaznda, ayollar esa 6 vazn toifasi bo‘yicha bellashdi. Boks olamida “Kichik jahon chempionati” sifatida e’tirof etiladigan mazkur turnirda O‘zbekiston terma jamoasi asosan yosh tarkibda ishtirok etdi. Shunga qaramay, vakillarimiz musobaqa yakuniga ko‘ra 6 ta oltin, 2 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Terma jamoamiz safidagi sovrindorlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:

Oltin:

-50 kg Sabina Bobokulova
-54 kg Ho‘janazar Nortojiyev
-60 kg Abdumalik Halokov
-71 kg Iqboljon Holdorov
-75 kg Javohir Ummataliyev
+92 kg Jahongir Zokirov

Kumush:

-57 kg Shahzod Muzaffarov
-63,5 kg Adhamjon Muhiddinov

Bronza:

-57 kg Humorabonu Mamajonova
-51 kg Asilbek Jalilov
-54 kg Hasanboy Do‘smatov
-60 kg Dilshod Abdumurodov
-75 kg Fazliddin Erkinboyev
-86 kg Samandar Jalolov.

Qayd etish lozimki, musobaqa yakuniga ko‘ra O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 5 ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Bu borada ikkinchi o‘rinni Hindiston band etdi. Kuchli
uchlikka esa mezbon Bolgariya yakun yasadi.

Kiritildi: 08:08 12.02.2024. O'qildi: 1538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!