Bugun 24 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Butunjahon shaxmat Olimpiadasining bronza medali sovrindori!

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Butunjahon shaxmat Olimpiadasining bronza medali sovrindori!

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi yakunlandi.

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Olimpiadani dunyoning 189 davlati orasida bronza bilan yakunladi. Qo‘shimcha natijalarga ko‘ra Xitoy, Serbiya va Armaniston jamoalari ortda qoldirildi

Terma jamoamiz tarkibi:

Nodirbek Abdusattorov

Nodirbek Yakubboyev

Javohir Sindarov

Shamsiddin Vohidov

Jahongir Vohidov

Bosh murabbiy - Vladimir Kramnik

189 davlat orasida 3-o‘rin yomon natija emas. Biz bilan bir xil ko‘rsatkichlarga ega AQSh kumush medallarni qo‘lga kiritdi.

Taxtalar kesimida: 1-taxtada Nodirbek Abdusattorov 2-o‘rin va kumush medalni, 4-taxtada Shamsiddin Vohidov 1-o‘rin va oltin medalni qo‘lga kiritdi

Qizlarimiz esa jamoaviy bahslarda 12-o‘rinni egallagan holda o‘zbek ayollari shaxmatida ham tarix yozishdi. 7-o‘rindagi Xitoy ham biz singari 16 ochko jamg‘argan

Taxtalar kesimida: 5-taxtada Nodira Nodirjonova 2-o‘rin va kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 00:21 23.09.2024. O'qildi: 725 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!