Bugun 6 iyul, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston elchisi Kanada general-gubernatoriga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekiston elchisi Kanada general-gubernatoriga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning Kanadadagi elchisi (qarorgohi Vashington shahrida) Furqat Siddiqov Kanada general-gubernatori Meri Simonga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda Dunyo xabar berdi.

Tantanali marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Kanada general-gubernatori O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlash borasida erishilayotgan yutuqlardan yaxshi xabardor ekanini ta’kidladi.

O‘zbekiston va Kanada iqtisodiyoti o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish uchun katta salohiyatga ega ekani bildirildi. Shu nuqtayi nazardan, doimiy ravishda o‘zaro iqtisodiy tashriflar va savdo missiyalari almashinuvini yo‘lga qo‘yish taklif etildi.

Furqat Siddiqov 2023 yilning may oyida O‘zbekistonning AQShdagi elchisi sifatida prezident Jo Baydenga ishonch yorliqlarini topshirgan edi. Shuningdek, u oktyabr oyida O‘zbekistonning Braziliyadagi elchisi (qarorgohi Vashingtonda) etib tayinlangani to‘g‘risidagi ishonch yorlig‘i nusxasini topshirgan. Shu tariqa, O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Braziliya va Kanadada ham mamlakat rasmiy vakili hisoblanadi.

Avval O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Furqat Siddiqov 53 yoshda. U 1993 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida "O‘zDeuElektroniks" QK, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti ishlagan. 2002 yildan beri TIV tizimida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Xususan, O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida, Pokistondagi elchi, vazirning o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Furqat Siddiqov 2017-2023 yillarda O‘zbekistonning AQSH, shuningdek, o‘rindoshlik asosida Kanada va Braziliyadagi elchisi bo‘lib ishlagan Javlon Vahobov o‘rniga tayinlangan.

Kiritildi: 13:45 29.06.2024. O'qildi: 615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!