Mahalla va nuroniylarni qo‘llab - quvvatlash vazirligining xabar berishicha, bu oktyabr oyining birinchi haftasida o‘tkaziladi.
“Haftalik davomida barcha mahallalarda nuroniylar, shu jumladan, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida istiqomat qilayotgan keksalar madaniy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, ular tanlovlar, xayriya tadbirlari, jumladan, nuroniy va yoshlar uchrashuvlariga ham jalb etiladi.