Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston Bosh prokuraturasining 37 yoshli xodimi vafot etdi

A A A
O‘zbekiston Bosh prokuraturasining 37 yoshli xodimi vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Bosh prokuratura mas’ul xodimi Alisher Hoshimov koronavirus infeksiyasi ta’siridan vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.

«Xabar.uz»ning ma’lum qilishicha, Bosh prokuratura matbuot xizmati xodimning vafotini taqsdiqlagan va marhum virus infeksiyasidan emas, balki insult oqibatida dunyodan o‘tganini ta’kidlagan.

«O‘limga nima sabab bo‘lmasin, bu — nafaqat marhumning yaqinlari, balki tizim uchun ham katta yo‘qotishdir. Zero Alisher Hoshimov oqibatli, mehnatkash va samimiy inson sifatida hamkasblar e’tiborini qozongan edi», — deya matbuot xizmati so‘zlarini keltirmoqda nashr.
 

Kiritildi: 14:47 18.08.2020. O'qildi: 5163 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik