Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston baxtli mamlakatlar reytingida yuqoriladi

O‘zbekiston baxtli mamlakatlar reytingida yuqoriladi

BMTning barqaror rivojlanish yechimlari bo‘yicha bo‘limi 2019 yilgi World Happiness Report yillik hisobotini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston bir yil oldingi mavqeini yaxshiladi. Bu haqda xs.uz sayti xabar bermoqda.

156 mamlakat joy olgan yangilangan reytingda O‘zbekiston 44-o‘rindan 41-o‘ringa ko‘tarilgan. Mamlakatimiz reytingda 6,174 ballga ega bo‘lgan.

Reytingni tuzishda mutaxassislar aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot darajasini, davlat tomonidan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash darajasini, sog‘lom turmushning davomiyligini, hayotiy muhim qarorlar qabul qilish erkinligini, saxovat va korrupsiyaga munosabat darajasini ko‘rib chiqdi

Joriy yilgi reytingda, O‘zbekiston MDH davlatlari orasida yetakchi o‘rinni egallab turibdi. Reytingda, Qozog‘iston - - 60, Tojikiston - - 74, Belarus - - 81, Qirg‘iziston - - 86, Turkmaniston - - 87, Ozarbayjon - - 90 o‘rinni egallagan.

Reytingda Finlyandiya 7,769 ball bilan yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda - - Daniya, Norvegiya va Islandiya mamlakatlari joy olgan.

Reytingning eng so‘nggi o‘rinlarini Ruanda, Tanzaniya, Afg‘oniston, Markaziy Afrika Respublikasi va Janubiy Sudan mamlakatlari band etgan.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 22:00 20.03.2019. O'qildi: 2793 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!