Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston avtomobilsozlik tarixi, rivojlanishi va bugungi kun istiqbollari

O‘zbekiston avtomobilsozlik tarixi, rivojlanishi va bugungi kun istiqbollari

Ma’lumki, O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizasiya va diversifikasiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish, milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish, ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperasiyasini kengaytirish va sanoatga soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish belgilandi. Haqiqatan ham, respublikamiz sanoatining rivojlanishida avtomobilsozlik sohasi alohida ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan istiqbolli sohalardan biri hisoblanadi. Hususan, avtomobilsozlik biznesi ichki bozorda aholining avtomobillarga bo‘lgan talabini qondirish, mamlakatdan valyuta chiqib ketish oqimini kamaytirish hamda eksport orqali davlatga valyuta tushumini oshirish asosida to‘lov balansining ijobiy saldosini ta’minlashda sezilarli ulushga egadir. Shuningdek, sohaning rivoji aholi bandligini ta’minlash, real daromadlarini oshirish kabi muhim ijtimoiy muammolarni bartaraf etishga hizmat qiladi. Bundan tashqari kapital talab va bilimtalab soha sifatida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda muhim rol o‘ynaydi. Avtomobilsozlik sohasiga muttasil qiziqish hamda uning insoniyat hayot tarziga sezilarli ta’siri ko‘plab tadqiqotlarda o‘z tasdig‘ini topgan.

Avtomobilsozlik tarixi 1992 yilda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi korxona barpo etishga kelishib olindi. 1993–1996 yillarda Asaka shahrida «Uz-DAEWOO» zavodi barpo etildi va «Damas», «Tiko», «Nexia» rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 1996 yilda 25,3 ming, 1997 yilda 64,9 ming, 1998 yilda 54,4 ming, 1999 yilda 58,4 ming, 2004 yilda 70 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. «Uz-DAEWOO» zavodida 1999–2003 yillarda «Matiz», «Lacetti» rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston dunyoda avtomobil ishlab chiqaruvchi 28-mamlakatga aylandi. «Uz-DAEWOOavto» zavodi 10 yil (1996–2006 yil iyun) davomida 571 580 ta avtomobil tayyorladi, ularning 198 609 tasi xorijga eksport qilindi.

Samarqandda avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «SamKochavto» zavodi qurildi va 1999 yilda ishga tushirildi. 2000 yilda «SamKochavto» zavodi 483 ta avtobus, 102 ta yuk avtomobili ishlab chiqardi.

Respublikamizda avtomobillarga butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi o‘nlab yangi korxonalar bunyod etildi. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida avtomobillarga butlovchi qismlar tayyorlaydigan 61 ta qo‘shma korxonalar qurilib ishga tushirildi.

2007 yilda «O‘zavtosanoat» uyushmasi bilan AQShning General Motors kompaniyasi o‘rtasida “GM–Uzbekistan” qo‘shma korxonasi tashkil etildi. 2012 yilning 20 mart kuni “GM–Uzbekistan” qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan «Chevrolet Malibu» avtomobillarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

2009 yildan Germaniyaning «MAN Nutzfahrzeuge AG» konserni hamkorligida «MAN Avto–Uzbekistan» qo‘shma korxonasi tashkil etilib, «MAN» yuk mashinalari ishlab chiqilmoqda. Samarqandda barpo etilgan va ishga tushirilgan «SamKochavto» zavodida avtobus va yuk avtomobillari ishlab chiqarilmoqda.

Mashinasozlik sanoatining yirik korxonalari – Toshkent traktor zavodi, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, Toshkent va Chirchiq qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, Toshkent agregat zavodi va boshqa korxonalar mustaqillikning dastlabki yillarida uchragan qiyin chiliklarni yengib o‘tdi. Birgina Toshkent traktor zavodida 2000 yilda 954 ta, 2001 yilda 1002 ta traktor ishlab chiqarilgan bo‘lsa, hozirgi paytda yiliga 3,5–4 ming donagacha traktor, minglab tirkamalar ishlab chiqarilmoqda.

CHEVROLET O‘ZBEKISTONDA

2008 yil mart oyida «Uzautosanoat» AJ O‘zbekistonda Chevrolet rusumli avtomobillarni keyinchalik yig‘ish va sotish maqsadida Jahon avtomobil ishlab chiqaruvchisi “General Motors” korporasiyasi bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzdi.

“Chevrolet”ning dastlabki uchta modeli — Captiva, Epica va Tacuma — keyingi uch yil ichida katta tugunli yig‘ish va keng ko‘lamli ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish dasturiga qo‘shiladigan boshqa modellar bilan bir qatorda darhol yirik avtomobil to‘plamlaridan yig‘iladi.

Chevrolet brendi ostida quyidagi avtomobillar ishlab chiqarildi va ishlab chiqarish davom etmoqda:

2008 yil iyun - Nexia N150 avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi

2008 yil noyabr - Lacetti avtomobilini seriyali ishlab chiqarish boshlanishi

2010 yil avgust - Spark avtomobilini seriyali ishlab chiqarish boshlanishi

2012 yil mart - Chevrolet Malibu avtomobili katta panelli yig‘ish boshlanishi

2012 yil sentyabr - Chevrolet Cobalt avtomobilini seriyali ishlab chiqarish boshlanishi

2013 yil noyabr - Lacetti II (Gentra) avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi

2014 yil yanvar - Pitnak shahrida «GM Uzbekistan» filiali ochilishi

2014 yil mart - Chevrolet Orlando avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi

2015 yil dekabr - GBJ bilan Lacetti avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi

2015 yil iyul - Labo tijorat avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi.

2016 yil aprel - Captiva avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi

2016 yil iyun - Nexia (T250) avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi

2017 yil aprel - Yangi ikkinchi avlod Malibu avtomobilining ishlab chiqarishga chiqarilishi

2017 yil may - Kengaytirilgan yuk bo‘linmasi bilan Labo avtomobilini ishlab chiqarish boshlanishi

2018 yil - SKD usuli bilan Tracker modelini ishlab chiqarish boshlanishi

2022 yil iyul - Chevrolet Tracker avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish

2023 yil fevral – Chevrolet Onix avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish

«Avtomobilsozlik — fan va texnika taraqqiyotini o‘zida mujassam etgan jahon iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan sanaladi. Ushbu yo‘nalish rivojlangan davlatlarda yetakchi, multiplikativ soha sifatida metallurgiya, neft-gaz va kimyo sanoati, elektrotexnika hamda boshqa turdosh sohalarda bitta ish o‘rnida 7−8 ta ish o‘rni yaratishga majbur qiladi. Ayni jihatlarni anglagan holda, rivojlangan davlatlar orasida eng yuqori pog‘onalarni egallash hamda ular darajasiga yetish uchun biz yangi milliy texnologiyalarni tadbiq etamiz, ilmiy salohiyatni yuksaltiramiz va yaratamiz», — deya ta’kilagan edi «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzakov.

UzAuto kelajak avlodni o‘ylagan holda, zamonaviy avtomobillarni ishlab chiqarish bo‘yicha kamida 10 yil oldinga chiqish imkonini beruvchi yangi davr ostonasida.

Dunyoda tan olingan barcha mamlakatlardan faqat 49 tasi avtomobil ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Sotish, qayta sotish hammaning qo‘lidan kelishi mumkin, ammo noldan ishlab chiqarishni har kim qila olmaydi. Avtomobil sanoati — bu yuqori aniqlikdagi texnikani xalqaro standartlar asosida murakkab texnologik ishlab chiqarish jarayoni bo‘lib, hamma davlat ham mazkur yo‘nalishni riavojlantirish salohiyatiga ega emas.

Kiritildi: 18:21 10.07.2024. O'qildi: 969 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!