Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston 84 nafar fuqarosini Uxandan olib keldi

A A A
O‘zbekiston 84 nafar fuqarosini Uxandan olib keldi

Xitoyning Uxan shahridan kelgan maxsus charter reys Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.

Samolyotda 84 nafar yo‘lovchi, ekipaj a’zolari, shuningdek, tibbiyot xodimlari va zamonaviy himoya vositalari bilan ta’minlangan virusologiya sohasi mutaxassislari bor.

Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida ular Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi tibbiyot muassasalarida 14 kun davomida karantin holatida saqlanadi.

Avvalroq, Xitoy poytaxti Pekindan 250 nafar O‘zbekiston fuqarosi evakuasiya qilingandi. Ular ham xavfsizlik nuqtai nazaridan 14 kun karantinga olindi.

Kiritildi: 12:24 05.02.2020. O'qildi: 2479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik