Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 15 ta davlatdan qiymati 57,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 322 ming tonna kartoshka import qilgan.
Kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 11,7 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning 7 oyida O‘zbekiston eng ko‘p kartoshka import qilgan davlatlar:
— Pokiston – 257,9 ming tonna
— Qozog‘iston – 23,5 ming tonna
— Rossiya – 15 ming tonna
— Qirg‘iz R. – 9,4 ming tonna
— Eron – 5,6 ming tonna
— Niderlandiya – 5,3 ming tonna
— Afg‘oniston – 4 ming tonna
— Belarus – 631,6 tonna
— Polsha – 559 tonna