Bugun 24 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

“Uzbekistan Airways” Toshkent-Xabarovsk yo‘nalishida muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

A A A
“Uzbekistan Airways” Toshkent-Xabarovsk yo‘nalishida muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

“Uzbekistan Airways” avikompaniyasi 4 dekabrdan Rossiyaning Xabarovsk shahridan Toshkentga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Xabarovsk aeroporti matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Oradan 10 yil o‘tib Xabarovsk xalqaro aeroportidan O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reyslar ochilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Parvozlar haftasiga bir marta, dushanba kunlari amalga oshiriladi. Yo‘lovchilarga Airbus havo kemalariga xizmat ko‘rsatadi.

Xabarovskdan Toshkentga parvoz 7 soat vaqtni tashkil qiladi.

Avvalroq Rossiyaning “Red Wings” aviakompaniyasi 16 noyabrdan Qozon — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yishi xabar qilingan edi.

Kiritildi: 14:02 10.11.2023. O'qildi: 942 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!