Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Uzbekistan Airways Parijga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Uzbekistan Airways Parijga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Uzbekistan Airways Fransiyaning Parij shahriga muntazam qatnovlari uchun o‘z eshiklarini ochadi, deya xabar bermoqda kompaniya axborot xizmati.

Joriy yil 26 avgustdan boshlab yana Uzbekistan Airways bilan haftasiga 2 marta – seshanba va juma kunlari Parijga sayohat qilishingiz mumkin.

Toshkent – Parij yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 4 038 862 so‘mdan (bagajsiz) va 4 777 879 so‘mdan (bagaj bilan), Toshkent – Parij – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 7 582 047 so‘mdan (bagajsiz) va 8 772 182 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin 2022 yil 29 apreldan boshlab 10 iyungacha haftada ikki marta: seshanba va juma kunlari Parijga aviaqatnovlar tiklangani haqida xabar bergan edik. Oradan qariyb 2 oy o‘tib bu qatnovlar yana tiklanmoqda.

Kiritildi: 09:49 14.08.2022. O'qildi: 1231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!