Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Uzbekistan Airports 2019 yilda qancha zarar ko‘rdi?

Uzbekistan Airports 2019 yilda qancha zarar ko‘rdi?

Uzbekistan Airports 2019 yilni 4,3 milliard so‘m zarar bilan yakunlagan. Bu haqda Korporativ axborot yagona portaliga tayanib, Spot xabar berdi.

Uzbekistan Airports kompaniyasi 2019 yilning oxirida tashkil etilgan — ilk aksiyalar oktyabr oyida chiqarilgan, dekabrda esa ustavi, 2020 yilning yanvarida — ijro tuzilmasi tasdiqlangan edi.

14 oktyabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Uzbekistan Airports rahbari Ravshan Ismoilovga kompaniya tomonidan 2019 yilda ko‘rilgan zararni qoplash bo‘yicha choralar ko‘rish vazifasi topshirilgan.

Avvalroq pandemiya sababli Uzbekistan Airways 2020 yilning birinchi yarmida 767,7 milliard so‘m zarar ko‘rgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways va mamlakatdagi aeroportlar soliq imtiyozlari, kreditlar bo‘yicha imtiyozli davr va pandemiya davrida aylanma mablag‘larni qo‘llab-quvvatlash uchun nol stavkali kredit olgan.

Kiritildi: 11:26 17.10.2020. O'qildi: 1585 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!