Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbek aktrisasi xalqaro teatr festivalida “Eng yaxshi ayol roli uchun” nominasiyasida g‘olib bo‘ldi

O‘zbek aktrisasi xalqaro teatr festivalida “Eng yaxshi ayol roli uchun” nominasiyasida g‘olib bo‘ldi

O‘zbekiston davlat drama teatri aktrisasi Malika Avazova Qirg‘izistondagi “Aytmatov jana teatr” (Aytmatov va teatr) xalqaro teatr festivalida “Eng yaxshi ayol roli uchun” nominasiyasida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston davlat drama teatri aktyori Sardor Mansurov “Turon24” ga ma’lum qildi.

“Biz juda xursandmiz. Teatrimizning iqtidorli aktrisasi Malika Avazova ”Eng yaxshi ayol roli uchun“ nominasiyasida g‘olib deb topildi. Aktrisa bu mukofotga rejissyor G‘ofir Mardonovning “Jamila” spektaklidagi Jamila roli uchun sovrindor deya e’tirof etildi. Hozir Qirg‘iziston opera va balet teatri binosida “Aytmatov jana teatr” (Aytmatov va teatr) xalqaro teatr festivali yakuniy qismi, taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Yana bir quvonchli voqea taqdirlash marosimida namoyish etilayotgan teatrlashtirilgan konsert dasturida O‘zbekiston davlat drama teatri aktyori Kamoliddin Rahmonov o‘z qo‘shiqlari bilan ishtirok etmoqda. Umuman olganda jamoamiz erishgan yutuq tahsinga loyiq. Xalqaro festival doirasida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon, Rossiya mamlakatlari Chingiz Aytmatov asarlari asosida sahnalashtirilgan spektakllari bilan ishtirok etishdi“, - dedi Sardor Mansurov ”Turon24“ muxbiri bilan suhbatda.

Ushbu festival Chingiz Aytmatovning 90 yilligi munosabati bilan 12-17 noyabr kunlari Bishkek shahrida tashkil etildi.

Kiritildi: 18:14 17.11.2018. O'qildi: 3255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!