Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

“UzAutoMotors”ga ishga kirish uchun 42 000 AQSh dollari so‘rashdi

“UzAutoMotors”ga ishga kirish uchun 42 000 AQSh dollari so‘rashdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan “UzAutoMotors” AJning boshqarma boshliqlari va boshqalarning murojaatlariga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “U-C” qo‘shma korxonasi AJ qo‘riqlash xizmati boshlig‘i A.YU., korxona haydovchisi J.A. va boshqalar oldindan til biriktirib 31 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni tumandagi “UzAutoMotors” AJga turli lavozimlariga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga, 42 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

"Human.uz"ga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan A.YU. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:10 30.05.2020. O'qildi: 4197 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!