Shu yil 5 yanvar kuni Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida yashovchi K.K. IIBga murojaat qilib, shu yil 1 yanvar soat 04:00 dan 10:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uning uyiga darvozasidan oshish yo‘li bilan kirib, xonasidan pullari va 4 turdagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Quyichirchiq tumani Do‘stobod shahar Namuna ko‘chasida yashovchi D.D. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.