Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Uxlab qolgan xonandani tunab ketishdi

A A A
Uxlab qolgan xonandani tunab ketishdi

6 iyul kuni Rossiya estrada qo‘shiqchisi Sergey Penkinni Moskva markazidagi skameykalardan birida uxlab qolganda tunab ketildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
 
Penkin Moskva markazidagi kafelardan birida o‘tirgan, so‘ng chiqib, kafe oldidagi skameykada uxlab qolgan. Ma’lum vaqtdan keyin uyg‘onganda xochli tilla zanjiri, tilla uzugi, Saint Honore qo‘l soati va iPhone X telefoni yo‘qligini payqagan.
 
Ayni vaqtda o‘g‘irlangan buyumlar qiymati aniqlanyapti va tekshiruv o‘tkazilyapti.
 
Penkinning o‘zi o‘g‘irlik haqidagi ma’lumotni inkor qilgan.
 
“Bu nima safsatabozlik. Hech nima bo‘lgani yo‘q. O‘zim haqimda qanchalar ko‘p qiziqarli ma’lumotlar eshitaman-a. Ahmoqlik”, degan xonanda.

Manba: qalampir.uz

Kiritildi: 17:46 06.07.2018. O'qildi: 1406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik