Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Uxanda yana koronavirus: bemorning ahvoli og‘ir

A A A
Uxanda yana koronavirus: bemorning ahvoli og‘ir

Xubey provinsiyasi sog‘liqni saqlash qo‘mitasi Xitoyning Uxan shahrida dastlab COVID-19 taralgan kasallik o‘chog‘ida yangi zararlanish holati qayd etilganini ma’lum qildi. Ma’lum qilinishicha, bemor juda og‘ir ahvolda.

Shundan kelib chiqib Xubeyda bir sutka davomida kasallik belgilari bo‘lmasa-da 17 ta virus tashuvchilarni ro‘yxatga olishgan.  Umumiy hisobda hududda COVID-19 belgilari yo‘q 616 nafar kishi vrachlar nazorati ostida saqlanyapti. Epidemiya boshlangan dekabrdan buyon Xubeyda 68 129 ta zararlanish holatlari qayd qilingan(shundan 50 334tasi Uxanda), 63 ming kishi tuzalgan, 4512 ta o‘lim yuz bergan.

Xitoyning Sog‘liqni saqlash qo‘mitasi mart oyi oxirida mamlakatda epidemiya tarqalishi to‘xtatilgani haqida ma’lum qilgan.

Kiritildi: 13:16 10.05.2020. O'qildi: 4659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik