Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘tirgan joyida vafot etdi! Taniqli qo‘shiqchi jonli efir vaqtida kechirim so‘radi va kutilmaganda bu dunyoni tark etdi

O‘tirgan joyida vafot etdi! Taniqli qo‘shiqchi jonli efir vaqtida kechirim so‘radi va kutilmaganda bu dunyoni tark etdi

Amerikalik qo‘shiqchi Devid Olni Floridadagi qo‘shiqlar muallifi festivalida vafot etdi, deb xabar beradi lenta.ru.

Olnining kontserti 18 yanvar, shanba kuni bo‘lib o‘tgan. 71 yoshli qo‘shiqchi jonli efir vaqtida o‘zini yomon his qila boshlagan. Sahnadagi boshqa musiqachilar va tomoshabinlar xonanda biroz dam olishga qaror qildi, deb o‘ylashgani bois darhol yordamga kelishmagan.

Konsert ishtirokchilarining aytishicha, Olni uchinchi qo‘shiqni ijro etish paytida to‘xtagan. So‘ng uzr so‘ragan, keyin birdan jim bo‘lib qolganu, boshi egilgan.

Musiqachilar uni tez yordam xizmati kelishidan oldin hushiga keltirishga harakat qilishgan, ammo bu foyda bermagan. Uning joni allaqachon uzilgan bo‘lgan.

O‘lim sababi ma’lum qilinmadi.

Kiritildi: 22:30 22.01.2020. O'qildi: 9406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!