So‘nggi yetti yilda respublika sanoati 1,6 barobar o‘sgani bilan, Farg‘ona bu ko‘rsatkich bo‘yicha respublikada eng oxirgi o‘rinda.
Viloyat sanoatining yarmi Farg‘ona va Qo‘qon shaharlari, Uchko‘prik tumaniga to‘g‘ri keladi.
O‘tgan yillarda viloyatga kiritilgan har bir ming dollar xorijiy investisiya soliq tushumlarini o‘rtacha 207 dollarga ko‘paytirgan. Lekin bu ko‘rsatkich bo‘yicha Toshloq, Dang‘ara, Yozyovon, Rishton va Uchko‘prik ancha orqada.
Mutasaddilarga meva-sabzavot eksporti va paxtani qayta ishlashda ham kamchiliklar borligi, bu boradagi rejalar yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi.