“O‘zbekneftgaz” ma’lumotiga ko‘ra, 12 mart kuni G‘arbiy Quyi Surgil konidagi 17-son quduqdan katta bosimda sanoat miqyosida tabiiy gaz oqimi olindi.
Quduq 4750 metr chuqurlikkacha burg‘ilandi va 4597–4750 metr oralig‘idagi istiqbolli qatlamlardan gaz chiqishi aniqlandi.
Hozirda quduqni ishga tushirish, gaz quvurlarini ulash va texnologik jihozlash ishlari olib borilmoqda. Yaqin kunlarda gaz iste’molchilarga yetkazib berilishi rejalashtirilgan.