Omsklik o‘smirlar ko‘chada ommaviy mushtlashuv uyushtirishdi, deya xabar qildi "Darakchi" nashri.
Yigitlar yo‘l yoqasida mushtlashayotganliklargia qaramay, ularni hech kim ajratib qo‘ymaydi.
Bir guruh o‘smirlar 3 nafar 16 yoshli yigitlarga hujum qilishadi va ular qochishga harakat qilishadi. Ammo o‘smirlar ularga yetib olib, mushtlashuv boshlanadi. Jabrlanganlardan biri shifoxonaga yotqizilgan. Uning miyasi chayqalib, bosh suyagi qattiq jarohatlangan.