Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Urush yamanliklarga qanchalik qimmatga tushdi?

Urush yamanliklarga qanchalik qimmatga tushdi?

BMTning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Yamanda 2015 yildan beri davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar va ularga bog‘liq sabablar oqibatida 233 ming kishi hayotdan ko‘z yumganini ma’lum qildi. 

Ulardan 131 ming nafari ochlik, sog‘liqni saqlash va infratuzilmalardagi muammolar tufayli vafot etgan. Boshqarma Yamanda o‘limlar soni haddan ziyod ko‘payib ketganini ta’kidlab, o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirgan.

Ta’kidlanishicha, urushning dastidan birgina joriy yilda 1500 nafar tinch fuqaro olamdan o‘tgan.  

Bundan tashqari, Yaman iqtisodiyoti o‘ta abgor ahvolga tushib qolgan: mahalliy valyuta bo‘lmish riyol 250 foiz qadrsizlangan, oziq-ovqat narxlarining o‘sishi 140 foizga yetgan. 

Urushning boshlanishida 1 million kishi gumanitar yordam olayotgan bo‘lsa, hozirga kelib ularning soni 13 millionga yetgan. Yaman dunyodagi eng og‘ir gumanitar inqirozni boshidan o‘tkazyapti. 

Kiritildi: 05:00 02.12.2020. O'qildi: 1855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!