Urugvayning sobiq prezidenti Xose Muxika Busqueda jurnaliga bergan intervyusida saraton kasalligini davolashdan voz kechishini aytdi va vatandoshlari bilan xayrlashdi.
"Men o‘laman. Qizilo‘ngach raki endi jigarga ham o‘tadi. Buni hech narsa to‘xtata olmaydi. Nima uchun? Men keksayib qoldim, ikkita surunkali kasalim bor," - dedi u.