Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi Qizil kitobga kiritildi

O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi Qizil kitobga kiritildi

Davlat ekologiya qo‘mitasi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi Qizil kitobga kiritildi. Ushbu jonzotning soni yashash joylarining o‘zgarishi va yo‘q qilinishi tufayli uzluksiz kamayib bormoqda.

O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi o‘tgan asrning birinchi yarmidan boshlab kamayishni boshlagan. Ikkinchi Jahon urushi davrida uning go‘shtidan ko‘p miqdorda konservalar tayyorlashda foydalanilgan. 1950–1960 yillarda toshbaqa, asosan, iqtisodiy ehtiyojlar uchun yig‘ilgan, biroq ochiq dashtda qishloq xo‘jaligi rivojlanishi turlarning yashash joylari va soni sezilarli darajada kamayishiga olib keldi.

1960–1980 yillarda toshbaqaning mazkur turiga bo‘lgan qiziqishlarning ortishi sabab ular zoologik savdoga chiqarilgan.

O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi (Agrionemys horsfieldii) zaif, himoyaga muhtoj tur sifatida Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro ittifoqining (TMXI) Qizil ro‘yxatiga kiritilgan. Oxirgi 18 yil davomida qonuniy va noqonuniy ravishda jami 1.254.100 dona O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi tabiatdan olingan va eksport qilingan.

Hozirda toshbaqaning tabiiy yashashi uchun yaroqsiz va o‘zlashtirilgan hududlarning umumiy maydoni 300 ming km2 ni tashkil etadi. Manbalarda keltirilishicha, so‘nggi 60 yil mobaynida xo‘jalik faoliyati yuritilishi natijasida toshbaqaning yashash joylari 1,5 million gektarga qisqarib ketgan.

Bugunga kelib mazkur turning tabiiy populyasiyasini saqlab qolish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobining yangi nashriga kiritildi.

Ammo Toshkentning Yangiobod, Chorsu va boshqa bozorlarida toshbaqalar ochiq sotilmoqda. Ayniqsa bolalari. Aksariyat holatda ularni o‘yinchoq sifatida farzandiga sotib olib berishadi, keyin esa boqa olmay tashlab yuborishadi. Fikrimizcha, zudlik bilan yovvoyi hayvonlar savdosini nazoratga olish, sotuvchini ham xaridorni ham jazoga tortish lozim.

Kiritildi: 10:05 22.10.2019. O'qildi: 3073 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!