O‘rta yer dengizida cho‘kib ketayotgan "Ursa Mayor" kemasining rossiyalik ekipaji Salvamar Dragoning ispan dengizchilari tomonidan qutqarib olindi.
Bu haqda "Oboronlogistika" kompaniyalar guruhi matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Biroz vaqt o‘tgach, ikkita Ispaniya qutqaruv kemasi yaqinlashdi. Ulardan biri Salvamar Drago qutqaruv qayig‘iga yaqinlashdi, bortdagi ekipaj a’zolarini olib, qutqaruv qayig‘ini tortib, Kartagena (Ispaniya) portiga yetkazdi. Ekipaj mahalliy mehmonxonaga joylashtirildi" - dedi matbuot xizmati.
Rossiyaning “Ursa Mayor” yuk kemasi 23 dekabr kuni O‘rta yer dengizida cho‘kib ketgan, ekipajning 14 a’zosi qutqarib olinib, Kartagena portiga olib ketilgan, ikki nafari bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida. Kema Ispaniya qirg‘oqlaridan 67 milya va Jazoir qirg‘oqlaridan 45 mil uzoqlikda cho‘kib ketgan. Rossiya kemasi 12 kun avval Sankt-Peterburgdan Vladivostok porti yo‘nalishida jo‘nab ketgan edi.