Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Urologik yordam ko‘rsatuvchi muassasalar Quvayt krediti hisobidan jihozlanadi

Urologik yordam ko‘rsatuvchi muassasalar Quvayt krediti hisobidan jihozlanadi

“Kuvayt arab iqtisodiy rivojlanish jamg‘armasi ishtirokida urologik va gemodializ yordamini ko‘rsatuvchi O‘zbekiston tibbiy muassasalarini jihozlash” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi” hukumat qaror loyihasi tayyorlandi.

Unga ko‘ra, 2016 yil 15 martda O‘zbekiston Respublikasi va Kuvayt arab iqtisodiy rivojlanish jamg‘armasi o‘rtasida 26 yil muddatga (23,1 million dollar) kredit shartnomasi imzolandi, shu jumladan "Urologik va gemodializ yordamini ko‘rsatuvchi O‘zbekiston Respublikasi tibbiy muassasalarini jihozlash" loyihasini amalga oshirish uchun 4 yillik imtiyozli davr bilan.

Loyihada yozilishicha, loyihani amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining hissasi 5,97 million dollarga teng, shu jumladan soliq va bojxona imtiyozlari shaklida 4,41 million dollarga teng.

Loyiha uch yilga mo‘ljallangan.

Loyihada qayd etilishicha, kredit maqsadli ishlatilishi va loyihani samarali amalga oshirilishiga mas’ul ijrochi agentlik – Sog‘liqni saqlash vazirligi, shartnomalar bo‘yicha kontragent Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi "O’zmedimpeks" davlat unitar tashkiloti.

Hujjatga "Urologik va gemodializ yordamini ko‘rsatuvchi O‘zbekiston Respublikasi tibbiy muassasalarini jihozlash" loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari ilova qilingan.

Kiritildi: 06:30 17.10.2019. O'qildi: 1277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!