Gresiyada o‘rmon yong‘inlari mamlakat poytaxti Afinaga qarab ilgarilamoqda. Mahalliy ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, faol yong‘in o‘choqlari shahardan taxminan 60 km masofada joylashgan.
Kuchli shamol olovning aholi punktlariga tarqalishini tezlashtirmoqda, tog‘li hudud esa o‘t o‘chiruvchilarning ishini qiyinlashtirmoqda.
Sohilbo‘yi hududlardan mingdan ortiq aholi ko‘chirilgan, evakuasiya tadbirlari Krit orolida ham davom etmoqda.
Yong‘inlarni o‘chirish chog‘ida uch nafar o‘t o‘chiruvchi halok bo‘lgan. Ulardan ikki nafari vertolyot halokati oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.