Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Urgutdagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchiga tarsaki tushirganligi aytildi

A A A
Urgutdagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchiga tarsaki tushirganligi aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda dars jarayonida o‘quvchiga o‘qituvchi tomonidan tarsaki tushirilayotganligi aks etgan video tarqaldi.

Aniqlanishicha, ushbu holat 2022 yil oktyabr oyida Urgut tumanidagi 6-umumta’lim maktabida ingliz tili darsida sodir bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.
Ma’lumotlarda keltirilishicha, 9-sinf o‘quvchisi D.R. darsga o‘rtoqlari bilan kechikib kelgani va darsni buzib, o‘qituvchiga gap qaytargan payt, o‘qituvchi tarsaki tushirganligiga aniqlik kiritilgan.
Ushbu holat yuzasidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini buzganligi sababli, 9-sinf o‘quvchisi D.R.ning xatti-harakatlari haqida ota-onasiga xabar berilgan. O‘quvchi qilgan ishidan pushaymonligini aytib, o‘qituvchidan kechirim so‘ragan.
Shu bilan birga, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini buzib, o‘quvchiga qo‘l ko‘targanligi uchun ingliz tili o‘qituvchisi A.H. ga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Shunindek, bugungi kunda o‘qituvchi A.H. Urgut tumanidagi 6-umumta’lim maktabida ishlamayotganligini ma’lum qilindi.

Kiritildi: 21:15 27.09.2023. O'qildi: 1810 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!