Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Urgutdagi bozorda fuqaro qo‘shnisining boshiga bolta bilan urdi. Qo‘shnisi o‘ldi

Urgutdagi bozorda fuqaro qo‘shnisining boshiga bolta bilan urdi. Qo‘shnisi o‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Urgut tumani "Dehqonobod" dehqon bozorida qotillik sodir bo‘lganligi haqida xabar chiqarilgan.

2021 yil 31 dekabr kuni Urgut tumanida joylashgan “Dehqonobod dehqon bozori” yaqinida 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro B.X. qo‘shnisini oldindan o‘rtalarida bo‘lgan kelishmovchilik sababli qo‘lida bo‘lgan temir bolta bilan uning bosh va bo‘yin sohasiga ikki marotaba urib, qasddan o‘ldirishga suiqasd qilgan.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, jabrlanuvchi 3 yanvar kuni vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan.

Kiritildi: 09:58 06.01.2022. O'qildi: 2796 marta. Fikrlar soni: 4 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!