Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Urgutda 27,4 ming dollarlik "gashish" savdosi fosh etildi

Urgutda 27,4 ming dollarlik "gashish" savdosi fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda giyohvandlik vositalari savdosiga chek qo‘yildi.

Xususan, Urgut tumanida yashovchi 1990, 1998 va 2008 yillarda tug‘ilgan uch nafar mahalliy fuqaro 2 kg 80 gr “gashish” moddasini shartli xaridorga 27,4 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Ta’kidlash lozimki, ulardan biri muqaddam aynan giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs hisoblanadi.

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunchilikka ko‘ra, bunday jinoyat uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish belgilangan.

Kiritildi: 08:00 22.06.2026. O'qildi: 992 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!