Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Urgut tumanidagi poyabzal ishlab chiqaruvchi oilaviy korxonada yong‘in kelib chiqqan

Urgut tumanidagi poyabzal ishlab chiqaruvchi oilaviy korxonada yong‘in kelib chiqqan

Bugun, 11 yanvar kuni soat 11:24da Samarqand viloyati Urgut tumani “Mergancha” MFYda joylashgan “Toyibaxon Nur" poyabzal ishlab chiqaruvchi oilaviy korxonasida yong‘in sodir bo‘lgan. Buning oqibatida binoning taxminan 250 kv.m. zarar yetgan. 

Mazkur holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan. Qutqaruvchilarning olib borgan sa’y-harakatlari natijasida yong‘in soat 11:40da o‘rab olinib, 13:35da to‘liq bartaraf etilgan. Shuningdek, yong‘indan korxonaning 150 kv.m. maydoni saqlab qolingan. Ushbu holatdan jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Mazkur hodisaning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.
 

Kiritildi: 15:17 11.01.2021. O'qildi: 1922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!