Bugun 30 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Urganchda 88 turdagi noqonuniy tovarlar yo‘q qilindi

Urganchda 88 turdagi noqonuniy tovarlar yo‘q qilindi


Urganch shahrida sudlarning ijro hujjatlariga asosan yaroqsiz deb topilgan tovar-moddiy boyliklarni yo‘q qilish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.

Majburiy ijro byurosining Urganch shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan 71 ta ijro ishi doirasida “Bojxona-servis” davlat muassasasining omborxonasida tegishli ijro harakatlari amalga oshirildi.

Tadbirda Bojxona qo‘mitasining Xorazm viloyati boshqarmasi, Xorazm viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda Urganch shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi vakillari ishtirok etdi.

Yo‘q qilingan mol-mulklar orasida 2 770 dona kapsula shaklidagi biologik faol qo‘shimchalar, 22 ta alkogol mahsuloti, 21 ta rasiya va ularga tegishli quvvatlash qurilmalari hamda quloqchinlar, 35 ta lazerli nur tarqatuvchi apparatlar va ashyoviy dalil sifatida e’tirof etilgan boshqa turdagi mol-mulklar bo‘lgan.

Jami 88 turdagi tovar va mol-mulklar belgilangan tartibda sindirish, to‘kib tashlash hamda qadoq va qutiliklarni yirtish yo‘li bilan yo‘q qilindi. Shu orqali mazkur ijro ishlari yakunlandi.

Mas’ul idoralar ma’lumotiga ko‘ra, sud qarorlarining ijrosini ta’minlash hamda noqonuniy yoki yaroqsiz tovarlarni muomaladan chiqarishga qaratilgan bunday tadbirlar davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 22:16 29.08.2026. O'qildi: 534 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!