Bugun 20 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Urganch — Xiva pullik yo‘lida yurish 25 ming so‘m bo‘ladi

Urganch — Xiva pullik yo‘lida yurish 25 ming so‘m bo‘ladi

Trassa uchun yo‘l haqi to‘lash tizimi hozirda sinov rejimida ishlamoqda va 25 avgustdan to‘liq ishga tushadi. Mobil ilova Google Play va App Store’da mavjud bo‘ladi.

Pullik yo‘l uchun narxlar:

➖ Yengil avtomobil (M1) uchun Xivadan Urganchgacha va orqaga to‘liq yo‘nalish bo‘yicha yo‘l haqi — 25 ming so‘m;

➖ «Turkmanli» mahallasidan Xivagacha bo‘lgan 28 km qisqa yo‘nalish — 20 ming so‘m;

➖ Og‘irligi 3,5 tonnagacha bo‘lgan yengil yuk avtomobillari (N1), 8 nafardan ortiq yo‘lovchiga mo‘ljallangan avtobuslar (M2/M3) va og‘irligi 3,5–12 tonna bo‘lgan o‘rta yuk avtomobillari (N2) uchun to‘liq yo‘nalish narxi — 40 ming so‘m, qisqa yo‘nalish esa — 25 ming so‘m etib belgilangan.

Kiritildi: Bugun 17:33. O'qildi: 289 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!