Xodim Lacetti xizmat avtomashinasini boshqarib ketayotganda yo‘lning qatnov qismidan chiqib ketib, beton ustunga urilgan.
Joriy yilning 4 avgust kuni "Urganch – Xiva" yo‘nalishida Urganch shahar bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i YU.T.ga biriktirilgan Lacetti xizmat avtomashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi (yo‘lning qatnov qismidan chiqib ketib, beton ustunga urilgan) sodir bo‘lgan, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov.
YTH natijasida, T.Yu hodisa joyida vafot etgan. Qayd etilgan holat yuzasidan JKning 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.