Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

"O‘quvchilarning paypog‘i va LGBT": bu holat Toshkentdagi qaysi maktabda yuz berganligi aniqlandi

"O‘quvchilarning paypog‘i va LGBT": bu holat Toshkentdagi qaysi maktabda yuz berganligi aniqlandi

Xalq ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi maktablardan birida dars paytida yuz bergan holat yuzasidan munosabat bildirdi. 

"Ijtimoiy tarmoqlarda bloger Shahnoza Soatova tomonidan Toshkentdagi maktablardan birida dars paytida yuz bergan holat yuzasidan post e’lon qilindi. Mazkur holat bugun internet tarmog‘ida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.  

Dastlab, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan keltirilgan holat yuzasidan maktablarga hech qanday topshiriq berilmaganligini ma’lum qilamiz. 

Shu o‘rinda mazkur hodisa Mirobod tumanidagi 110-maktabda bo‘lib o‘tganligi aniqlangan va hozirda haqiqiy holat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda", deyiladi xabarda.

Kiritildi: 17:51 16.04.2021. O'qildi: 5921 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!