Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

O‘quvchi Putin: qizlar uni nega ardoqlagan?

O‘quvchi Putin: qizlar uni nega ardoqlagan?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin chorshanba, 7 oktyabr kuni o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda. Bugun u 68 yoshni qarshi oldi.

"Komsomolskaya pravda" muxbiri hozirgi Rossiya yetakchisi bilan maktabda va oliygohda birga tahsil olgan insonlardan intervyu oldi. Ular Putin qanday bo‘lganini va bu yillar oralig‘ida qanday o‘zgargani haqida so‘zlashdi.

Vladimir Putinning sinfdoshi Svetlana Potapchukning xotirlashicha, uni hamisha tashqi ko‘rinishi ajratib turgan.

"Hamisha ozoda kiyingan, dazmollangan moviy rang ko‘ylak, qora kostyum va bo‘yinbog‘da bo‘lardi", - deydi Svetlana.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, Putin o‘qish davrida tarix, nemis tili va adabiyot darslarini yaxshi ko‘rgan. Insholarni zo‘r yozgan - ulardan birini o‘qituvchi hatto radioga yuborgan. Shuningdek, u nemis tilini ham yaxshi bilgan.

"Men uni juda mehribon inson sifatida yaxshi eslayman. Ammo u hamisha band edi - bo‘sh vaqtining hammasini mashg‘ulotlarga, kurash bo‘yicha musobaqalarga sarflardi, - deya hikoya qiladi prezidentning sinfdoshlaridan yana biri Anna Kisello (qizlik familiyasi Mixaylova).

Ammo Vladimir Putin maktab vaqtida hech kimga ko‘chirishga bermagan.

"Qizlar uni aqlliligi uchun juda ardoqlashardi. Ammo uning o‘zi hech kimga alohida takalluf ko‘rsatmas edi", - deydi Svetlana Potapchuk.

Putin maktabda chog‘idayoq razvedkachi bo‘lishni orzu qilgan.

"U o‘sha vaqtdayoq bizda siyosat bo‘yicha dars o‘tardi. Putin buni juda yaxshi uddalar edi. Hozir ham u xalq tushunadigan sodda tilda qanday gapirishini ko‘raman - buning hammasi maktab davridan", - deb ta’kidlaydi sinfdosh ayol.

Vladimir Putin hayotida dzyudo bo‘yicha treneri Anatoliy Raxlin muhim rol o‘ynagan. U inson o‘z o‘quvchilaridan faqat kurashda emas, balki maktab dasturi bo‘yicha ham yaxshi muvaffaqiyatlarga erishishlarini talab qilgan - baholarni shaxsan tekshirgan.

Birinchi prezidentlik muddati oldidan Anatoliy Raxlin Vladimiru Vladimirovichga shunday nasihat qiladi: "Hujum qilayotib - himoyalan, himoyalanayotib - hujum qil".

Rossiya yetakchisining kursdoshlari Putin o‘sha vaqtda ham "xuddi hozirgidek hazillar qilganini" ta’kidlashadi.

Kiritildi: 12:54 07.10.2020. O'qildi: 4296 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!